Janubiy Koreya Rossiya samolyotlari paydo boʻlgach, qiruvchilarni havoga koʻtardi
Janubiy Koreya ertalab Yapon dengizi ustidagi havo mudofaasi zonasida Rossiya harbiy samolyotlari paydo boʻlgach, qiruvchilarni havoga koʻtardi. Ular mamlakat havo hududini buzmagan.
24-noyabr, 12:12По-русски

koreajoongangdaily.com
Janubiy Koreya harbiylari Rossiya samolyotlarini Ullyndo oroli yaqinida, ular KADIZ havo mudofaasi identifikatsiya zonasiga kirishidan oldin aniqladi. Dastlab ularni xato qilib Shimoliy Koreya samolyotlari deb oʻylashdi.
Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 7:52 da hukumat ogohlantirish eʼlon qilib, aholini yerosti boshpanalariga borishga chaqirdi. Signal taxminan besh daqiqadan soʻng bekor qilindi.
Koʻp oʻtmay samolyotlar KADIZni tark etdi. Ular Janubiy Koreya havo hududiga kirmagan.



