Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Izmirda metallurgiya zavodidagi portlashda kamida 17 ishchi halok boʻldi

Izmirning Aliaga tumanidagi HABAŞ zavodida 9 noyabr kuni portlash va yongʻin yuz berdi. Kamida 17 ishchi halok boʻldi, 13 kishi jarohatlandi, ikki nafari ogʻir ahvolda.

10-noyabr, 18:40По-русски

Read in English

Portlash soat 12:00 atrofida suyuq poʻlat quyilayotgan paytda yuz bergan. Dastlabki baholashga koʻra, koʻprikli kran uzilib, elektr yoy pechiga tushgan. Shundan soʻng korxonada yongʻin boshlangan va zavod ustini quyuq tutun qoplagan.

Hodisa joyiga qutqaruvchilar, oʻt oʻchiruvchilar va tibbiyot xodimlari yuborilgan. Jabrlanganlar shifoxonalarga olib ketilgan. Xabar qilinishicha, halok boʻlgan ishchilardan birining qarindoshi portlashdan keyin zavod kirish joyi oldida oʻziga oʻt qoʻygan. Uning ahvoli hozircha nomaʼlum.

Turkiya prezidenti Recep Tayyip Erdoğan halok boʻlganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va yaradorlarga tezroq sogʻayib ketishni tiladi. Uning topshirigʻiga koʻra, Izmirga Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar hamda Mehnat va ijtimoiy taʼminot vaziri Vedat Işıkhan yetib kelgan.

Hodisani tergov qilish uchun Ijtimoiy taʼminot muassasasining bosh inspektori tayinlangan. Avvalroq kasaba uyushmalari birlashmasi vakillari korxonada ehtimoliy qoidabuzarliklar boʻlishi mumkinligini bildirgan edi. Shundan soʻng politsiya uning ikki vakilini Aliaga davlat shifoxonasi oldida qoʻlga olgan.