Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

17-dekabrdan Toshkent — Astraxan yoʻnalishida poyezd qatnaydi

2026-yil 17-dekabrdan Toshkent — Astraxan — Toshkent yoʻnalishida yangi xalqaro poyezd qatnaydi. Reyslar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.

18-noyabr, 16:20По-русски

Read in English

Nikolai Bulykin / Wikimedia Commons

Transport vazirligi Toshkent va Astraxan oʻrtasida №150/149 poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi. Poyezdning poytaxtdan dastlabki reysi 17-dekabr, payshanba kuni soat 18:00 da Toshkent-Markaziy (Toshkent-Shimoliy) vokzalidan joʻnaydi. U Astraxanga shanba kuni soat 19:00 da yetib boradi.

Qaytish poyezdi №149 20-dekabrdan qatnay boshlaydi. U Astraxandan yakshanba kunlari soat 02:01 da joʻnab, Toshkentga seshanba kuni soat 04:35 da yetib keladi.

Chiptalar har bir poyezdning joʻnash sanasidan 45 kun oldin sotuvga chiqariladi.