Shenchjen maishiy chiqindilarni koʻmishni toʻxtatib, ulardan elektr olyapti
2019 yildan beri shahar qoldiq maishiy chiqindilarni koʻmirmaydi: ularni yoqib, elektr oladi, qattiq qoldiqlarni qurilish materiallariga ishlatadi.

Xitoyning Shenchjen shahri qoldiq maishiy chiqindilarni poligonlarga koʻmishni toʻliq toʻxtatib, ularni yoqishga oʻtdi. Nanshan Energy majmuasida har kuni qariyb 2 300 tonna saralangan chiqindi qayta ishlanadi.
Hid hududga tarqalmasligi uchun korxonada ventilyatsiya tizimi ishlaydi. Har soatda chiqindilarni yoqish pechiga qariyb 300 ming kub metr havo beriladi.
Shenchjenda chiqindilarni yoqadigan jami yettita korxona faoliyat yuritadi. Ular elektr energiyasi ishlab chiqaradi, tutun gazlari esa maxsus uskunalarda tozalanadi. Qattiq qoldiqlar qurilish materiallari ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Nanshan Energy binolaridan birining devori shunday materiallardan tayyorlangan gʻishtlardan qurilgan.
Shenchjen Xitoyda qoldiq maishiy chiqindilarni koʻmishni toʻliq toʻxtatgan birinchi shahar boʻldi. Hozir shahar ilgari foydalanilgan poligonlarni bosqichma-bosqich tozalamoqda. Kelajakda ularning oʻrnida ekologik va sanoat parklarini barpo etish rejalashtirilgan.
Nanshan Energyʼda aholi uchun ekskursiyalar ham oʻtkaziladi. Tashrif buyuruvchilarga chiqindilarni qayta ishlash jarayoni koʻrsatiladi, ularni saralash qoidalari va bu jarayonning keyingi qayta ishlashdagi ahamiyati tushuntiriladi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Texnologiyalar10:49
