Villarreal Pepe koʻz operatsiyasining quyosh tutilishiga aloqadorligini rad etdi
Villarreal Nikolas Pepening koʻz operatsiyasi 12-avgustdagi quyosh tutilishini kuzatish bilan bogʻliq emasligini bildirdi. Klubga koʻra, operatsiya boshqa sabablar tufayli oldindan rejalashtirilgan.

Pepe operatsiyani oktabr boshida boshdan kechirdi, keyinroq, oʻsha oyning oʻzida himoya niqobida maydonga qaytdi.
Bu aralashuvni quyosh tutilishi bilan bogʻlovchi mish-mishlar Villarrealning Ispaniya chempionatidagi uchrashuvda Barcelonaga 2:3 hisobida magʻlub boʻlganidan keyin paydo boʻldi. Ular ijtimoiy tarmoqlar va sport OAVlarida tarqaldi.
Klub bunday daʼvolarni mutlaqo yolgʻon deb atab, jurnalistlarni futbolchilarning sogʻligʻi bilan bogʻliq masalalarni aniqroq va masʼuliyat bilan yoritishga chaqirdi. Pepe joriy mavsumda jamoa safida 12 ta oʻyinda qatnashib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.



