Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Ummon geologiya loyihalarini kelishib oldi

Oʻzbekiston va Ummon kompaniyalari mis uchastkalarini birga oʻzlashtirish va kritik minerallar boʻyicha hamkorlikka kelishdi. Muzokaralar Shavkat Mirziyoyevning Ummonga davlat tashrifi chogʻida oʻtdi.

17-noyabr, 15:56По-русски

Read in English

Oʻzbekiston kompaniyalari va Ummon biznesi vakillari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ummonga davlat tashrifi chogʻida togʻ-kon sanoati va geologiya sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildi.

Mineral Development Oman bilan tomonlar Oʻzbekiston hududidagi istiqbolli mis uchastkalarini birgalikda oʻzlashtirishga kelishdi. Al Tasnim Group bilan sanoat uchun muhim boʻlgan kritik minerallar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.

MB Holding va Al Kalbani Group vakillari togʻ-geologiya sohasiga investitsiyalar jalb etish hamda qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini muhokama qildi. Rasmiylar bu kelishuvlar va keyingi muzokaralar xorijiy investitsiyalarni jalb etish, togʻ-kon sanoatida yangi loyihalarni yaratish va ikki mamlakatning iqtisodiy aloqalarini kengaytirishga yordam beradi, deb kutmoqda.