Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Tojikistondagi L-503 avariyasi Fargʻona vodiysiga elektr yetkazib berishni chekladi

Oʻzbekiston Energetika vazirligi Tojikistondagi L-503 elektr uzatish liniyasida avariya yuz berganini bildirdi. Taʼmir tugaguncha Fargʻona vodiysining ayrim hududlarida elektr taʼminoti cheklanishi mumkin.

19-noyabr, 18:15По-русски

Read in English

Avariya sababli uzilish 19 noyabr kuni soat 06:19 da yuz berdi. 500 kV kuchlanishli liniya elektr energiyasini Sirdaryo IESidan Fargʻona vodiysi hududlariga uzatadi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, murakkab relyefli tepalik hududida noqulay ob-havo sabab tayanchlardan biri qulab tushgan. Shundan soʻng avtomatik himoya ishga tushib, L-503 orqali energiya uzatish vaqtincha toʻxtagan. Ayrim isteʼmolchilarda elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgan.

Avariya joyiga «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» vakillari rahbarligida mutaxassislar va avariya-tiklash brigadalari yuborildi. Ishlar Tojikistonning tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Taʼmirni yakunlash muddati hozircha aniqlashtirilmagan.

Fargʻona viloyati elektr energiyasini yana bir 500 kV kuchlanishli — L-524 liniyasi orqali ham oladi. U Toshkent viloyatidan chiqib, energiyani Novo-Angren IESidan uzatadi. Tiklash ishlari va elektr taʼminotidagi oʻzgarishlar haqida qoʻshimcha ravishda xabar berib borishga vaʼda qilindi.