Oʻzbekistonda toʻqqiz oyda 2,1 mln fishing urinishlari bloklandi
2026-yil yanvar-sentabrida «Kasperskiy laboratoriyasi» fishing saytlariga kirishga qilingan taxminan 2,1 mln urinishni blokladi. Ekspertlar biznes uchun boshqa xatarlarni ham aytdi.

«Kasperskiy laboratoriyasi» ekspertlari Oʻzbekistondagi kompaniyalarga kiberxatarlar oshganini aytdi. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, korporativ foydalanuvchilarning 44 foizi mahalliy tahdidlarga duch kelgan: olinadigan qurilmalardagi zararli fayllar, shifrlangan hujjatlar va soxta dastur oʻrnatuvchilari.
«Kasperskiy laboratoriyasi»ning Qozogʻiston, Markaziy Osiyo va Moʻgʻulistondagi boshqaruvchi direktori Valeriy Zubanovning aytishicha, bir yilda backdoorli hujumlar 36 foizga, parol va boshqa hisob maʼlumotlarini oʻgʻirlaydigan dasturlar bilan hujumlar 19 foizga oshgan. Sinov xatlari xodimlar firibgar xatlarni hamisha taniy olmasligini koʻrsatdi.
Rossiya, MDH mamlakatlari va Moʻgʻulistondagi biznesni rivojlantirish boʻyicha «Kasperskiy laboratoriyasi» vitse-prezidenti Anna Kulashova hujumlar maʼlumotlar oʻgʻirlanishi, sanoat josusligi va korxonalardagi ayrim jarayonlar toʻxtashiga olib kelishi mumkinligini aytdi. Kompaniyalar xodimlarni, jumladan, AI-assistentlardan xavfsiz foydalanishga oʻrgatishi kerak.
Ocius Cybersecurity asoschisi va mustaqil ekspert Savlat Talibov bunday servislarni tijoriy sir sizib chiqishining ehtimoliy kanali dedi. U ichki qoidalar, oʻqitish va texnik nazoratni, jumladan, katta til modellariga kirishni boshqaruvchi AI-fayervollarni uygʻunlashtirishni taklif qildi.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Texnologiyalar10:49
