Surxondaryo viloyatida 277 ta qalbaki haydovchilik guvohnomasi yoʻq qilindi
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida jinoyat ishi boʻyicha ashyoviy dalil deb topilgan 277 ta qalbaki haydovchilik guvohnomasi yoʻq qilindi. Sud 11 kishiga nisbatan hukm chiqardi.
10-noyabr, 19:22По-русски

Majburiy ijro byurosining Angor tuman boʻlimi hujjatlarni Angor tuman jinoyat ishlari boʻyicha sudining ijro varaqasi asosida yoʻq qildi.
Guvohnomalar sudning ashyoviy dalillarni saqlash xonasida saqlangan. Ular belgilangan tartib va xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda maxsus qozonxonada yoqib yuborildi.
Jinoyat ishi doirasida sud 11 kishiga nisbatan hukm chiqardi.



