Bolgariya bosh vaziri YIdagi rossiyalik sportchilarga cheklovlarni tanqid qildi
Bolgariya bosh vaziri Rumen Radev YIning turnirlarda Rossiya ramzlarini cheklash va rossiyaliklarning sport federatsiyalaridagi ishtirokini cheklash taklifini tanqid qildi.
27-noyabr, 10:24По-русски

sports.ru
Yevrokomissiya bu choralarni Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 22-paketiga kiritdi. Rossiyalik sportchilarga YI musobaqalarida milliy ramzlar bilan qatnashish, tashkilotchilarga esa Rossiyaning rasmiy ramzlarini namoyish etish taqiqlanishi mumkin.
Bundan tashqari, paket rossiyaliklarning Yevropa sport federatsiyalarida lavozim egallashini cheklashni nazarda tutadi. Sanksiyalar kuchga kirishi uchun ularni YIning barcha davlatlari maʼqullashi kerak.
Radev sport va madaniy tadbirlarning siyosiylashtirilishi haddan oshib ketayotganini aytdi.



