Shaxsiylashtirilgan oʻsmaga qarshi vaksinani 2026 yil oxirigacha 20 nafar bemor oladi
N. F. Gamaleya nomidagi Markazning ilmiy rahbari Aleksandr Ginsburg joriy yil oxirigacha 20 nafar bemorni vaksina bilan davolash rejalashtirilganini maʼlum qildi.

Davolash Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining Radiologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi tarkibiga kiruvchi Gersen nomidagi institut bazasida oʻtkaziladi. Gap «NeoOnkovak» nomli shaxsiylashtirilgan oʻsmaga qarshi mRNK-vaksina haqida bormoqda.
Preparatni Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining Radiologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi va N. F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi ishlab chiqdi. Avvalroq vaksina klinik amaliyotda ilk bor teri melanomasi boʻlgan bemorga yuborilgan edi.
Ginsburgning soʻzlariga koʻra, birinchi bemor davolanishni allaqachon yakunlagan. Hozir u oyiga bir marta kuzatuvdan oʻtkazilmoqda. Davolashdan toʻrt oy oʻtib, unda yangi oʻsmalar aniqlanmadi, avval aniqlangan metastazlar esa yoʻqoldi. Yana besh nafar bemor vaksinani ola boshladi.



