Intel 18A-P texnologik jarayoni boʻyicha chiplar ishlab chiqarishga birinchi tashqi buyurtmachi bilan kelishuv tuzdi
Intel 18A texnologik jarayoni asosida chiplar ishlab chiqarish boʻyicha birinchi tashqi mijoz bilan kelishuv tuzdi, biroq uning nomini oshkor qilmadi. Buyurtmachi takomillashtirilgan 18A-P versiyasini tanlagan.

Bu haqda Intel bosh direktori Lip-Bu Tan maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, 18A texnologiyasi asosida ishlab chiqarish allaqachon yoʻlga qoʻyilgan, biroq mijoz nomi aytilmagan. Intel kompaniyasining texnik rahbari Pushkar Ranade buyurtmachi takomillashtirilgan 18A-P versiyasini tanlaganini, ushbu versiya boʻyicha sinov ishlab chiqarishi iyun oyida boshlanganini aniqlashtirdi.
Avvalroq Intel kompaniyasining Apple bilan ehtimoliy kelishuvi haqida xabarlar paydo boʻlgan edi. Shuningdek, buyurtmachi Nvidia yoki yirik bulutli xizmatlar provayderlaridan biri boʻlishi mumkinligi haqida taxminlar bildirilgan. Amazon, Microsoft va Google sunʼiy intellekt uchun oʻz tezlatkichlarini TSMC quvvatlarida ishlab chiqarmoqda. U yerda buyurtmalar soni koʻpligi sabab ishlab chiqarish resurslari yetishmayapti.
Intel muvaffaqiyatsizliklar va yaroqli kristallar chiqishi bilan bogʻliq muammolardan soʻng kontrakt asosida ishlab chiqarishni rivojlantirishga besh yildan beri urinmoqda. Hozirgacha boʻlinma asosan kompaniyaning oʻzi uchun chiplar ishlab chiqargan. Tanning prognoziga koʻra, yaqin besh yil ichida server protsessorlarining jahon bozori besh baravar oʻsib, $200 mlrdga yetadi, biroq Intel hozircha mijozlar talabini qondira olmayapti. Chiplarni ilgʻor qadoqlash sohasida esa kompaniyaning birinchi buyurtmachisi Microsoft boʻlgan.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Texnologiyalar10:49
