Oʻzbekistonlik bokschi qizlar oʻsmirlar Olimpiadasi finaliga chiqdi
Sabrina Chakomanova va Rushanabonu Isoyeva Dakardagi yarim final janglarida 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. Finallar 12-noyabrga belgilangan.

Har ikki sportchi Senegal poytaxtida oʻtkazilayotgan IV yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilmoqda va kamida kumush medallarni naqd qilgan.
Chakomanova 54 kg gacha boʻlgan vazn toifasida qatnashmoqda. U yarim finalda hakamlarning yakdil qarori bilan Qozogʻiston vakili Maral Tolepbergenni magʻlub etdi. Finalda unga kolumbiyalik Evelin Trexos Salas raqiblik qiladi.
Isoyeva 60 kg gacha boʻlgan vazn toifasida bellashmoqda. U yarim final jangida misrlik Menatella Ibragimni 5:0 hisobida yengdi. Sportchi oltin medal uchun slovakiyalik Karolina Kollarova bilan uchrashadi.



