Infantino JCh huquqlarini sotish boʻyicha qariyb bir yil maxfiy muzokara yuritdi: summa maʼlum
FIFA prezidenti Gianni Infantino Kusherlar oilasi bilan jahon chempionati huquqlarini ehtimoliy sotishni qariyb 10 oy muhokama qildi. Keyin loyiha yopildi.

Aloqalar oʻtgan yil sentabr oʻrtalarida Syurixda boshlangan. 4 noyabr kuni Infantino Donald Trampning kuyovi Jared Kushner bilan uchrashgan.
Keyin FIFA rahbari Jaredning akasi Joshua Kushner bilan muloqotni davom ettirdi. Joshua Kushner keyinchalik tashabbusning asosiy investorlaridan biri deb ataldi. Keyingi oylar davomida oila vakillari bilan kamida 10 ta uchrashuv oʻtkazildi.
Ehtimoliy bitim hajmi taxminan £15 mlrd yoki qariyb €17,9 mlrd deb baholangan. Gap jahon chempionati huquqlarini sotish haqida borgan.
Keyinroq FIFA tanqidga sabab boʻlgan FIFA Forward Enterprise loyihasi yopilgani va boshqa muhokama qilinmasligini maʼlum qildi. Tashkilot tashabbus amalga oshirilmasligini bildirdi.



