BYD Xitoyda uchinchi avlod Tang uchun oldindan sotuvni boshladi
BYD Xitoyda uchinchi avlod elektr Tang uchun oldindan sotuvni boshladi. Uchta versiya narxi 225 000 yuandan (33 600 AQSh dollari) boshlanadi, yurish zaxirasi CLTC boʻyicha 850 km gacha.

Yangi elektr krossover Xitoy regulyatori katalogida paydo boʻldi va dilerlarga yuborildi. 850km RWD Premium versiyasining oldindan sotuvdagi narxi 225 000 yuan (33 600 AQSh dollari), 850km RWD Flagship versiyasining narxi 240 000 yuan (35 800 dollar), 770km AWD versiyasining narxi esa 260 000 yuan (38 800 dollar) etib belgilangan.
Orqa gʻildirakdan tortuvchi versiyalar 300 kVt quvvatli elektromotor bilan jihozlangan. Toʻliq gʻildirakdan tortuvchi modifikatsiyada unga 215 kVt quvvatli oldingi asinxron motor qoʻshilgan, shu bois umumiy quvvat 515 kVtga yetadi. 0 dan 100 km/soatgacha tezlanish 4,3 soniya davom etadi.
Tang ikkinchi avlod Blade akkumulyatori va Flash Charging tezkor zaryadlash tizimi bilan jihozlangan. Orqa gʻildirakdan tortuvchi versiyalarning yurish zaxirasi CLTC boʻyicha 850 km gacha yetadi, bu WLTP boʻyicha taxminan 689 kmga teng. AWD varianti uchun bu koʻrsatkichlar mos ravishda 770 va taxminan 624 kmni tashkil etadi.
Standart jihozlar qatoriga 11 ta xavfsizlik yostigʻi hamda shahar koʻchalarida navigatsiya va aqlli parkovkani qoʻllab-quvvatlaydigan Godʼs Eye B haydovchiga yordam tizimi kiradi. Shuningdek, DiSus-A pnevmatik osmasi ham mavjud. Yukxona old qismidagi 205 litrli va orqa qismidagi 910 litrli boʻlimlardan iborat. Ikkinchi qator oʻrindiqlari yigʻilganda orqa boʻlim hajmini 2 098 litrgacha oshirish mumkin.
Salonda ventilyatsiya, isitish va oʻnta zonada mustaqil massaj funksiyasiga ega Nappa charm oʻrindiqlar oʻrnatilgan. Multimedia tizimida haydovchi uchun diagonali 35,4 dyuymli ekran hamda 30 dyuymli panoramali ekran mavjud.
Yana oʻqing

Ekspert elektromobillar haqidagi «qishki» afsonalarni rad etdi
Avto11-noyabr, 13:56
Zeekr kelajakdagi qutisimon yoʻltanlamasini differensial blokirovkalari va taqsimlash qutisidan mahrum qilishi mumkin: xitoyliklar nimani rejalashtirmoqda?
Avto11-noyabr, 12:05
