OnePlusʼning navbatdagi Nord modeli: ilk qarash
Xʼda taxmin qilinayotgan OnePlus Nord 7’ning real suratlari paydo boʻldi. Insayder 9 000 mA·soat batareya kabi ehtimoliy xususiyatlarni ham oshkor qildi.

Insayder OnePlus Nord 6’ning vorisi boʻlishi mumkin boʻlgan smartfon suratlarini eʼlon qildi. Kompaniya hozircha modelning oʻzini ham, uning xususiyatlarini ham tasdiqlamadi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Nord 7 Dimensity 8500 chipi va 144 Hz chastotali Super AMOLED ekranga ega boʻladi. Avvalgi modelda 165 Hz chastotali AMOLED displey oʻrnatilgan, shu sababli yangi qurilma bu koʻrsatkich boʻyicha undan ortda qolishi mumkin.
Batareya sigʻimi 9 000 mA·soatgacha oshishi kutilmoqda. U uchun 80 W quvvatli simli zaryadlash ham koʻrsatilgan.
Eʼlon qilingan suratlarda kamera blokining ichida vertikal RGB yoritgich koʻzga tashlanadi. Koʻrinishicha, u zaryadlash jarayonini koʻrsatadi. Ehtimol, bu element bildirishnomalar indikatori sifatida ham ishlatiladi.
OnePlus Nord 6 apreldan beri mavjud. Nord 7’ning chiqish muddati va narxi haqida hozircha boshqa tasdiqlangan maʼlumotlar yoʻq.
Yana oʻqing

Anthropic rahbari AIga insoniyatni boshqarishni topshirish gʻoyasini rad etdi
Texnologiyalar12:17
Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Texnologiyalar10:49
