Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Toshkentda yongʻin xavfsizligi buzilgan shoxobchalar yopila boshlandi

Toshkentda gaz va benzin quyish shoxobchalari tekshirilmoqda. Olmazor tumanidagi bir gaz shoxobchasi yongʻin xavfsizligi qoʻpol buzilgani uchun yopildi.

13-noyabr, 10:53По-русски

Read in English

12 noyabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati poytaxtdagi yoqilgʻi quyish shoxobchalarida tekshiruv reydlari oʻtkazilayotgani haqida xabar berdi. Inspektorlar gaz va benzin quyish shoxobchalarini tekshirmoqda.

Olmazor tumanidagi gaz quyish shoxobchalaridan birida chiqindi, quruq shoxlar va sochilib yotgan kanistrlar aniqlangan. Shuningdek, yoqilgʻini saqlashda qoidabuzarliklar hamda nosoz elektr simlari borligi maʼlum boʻlgan. Kamchiliklar bartaraf etilib, qayta tekshiruvdan oʻtkazilgach, shoxobcha ishini qayta boshlashi mumkin. Egasi buni eng qisqa muddatda amalga oshirishga vaʼda bergan.

Tekshiruv reydlari kuz-qish mavsumida boshlandi. Bu davrda Toshkent va Oʻzbekistonning boshqa hududlarida gaz quyish shoxobchalariga yoqilgʻi yetkazib berishda anʼanaviy ravishda uzilishlar yuzaga keladi.