Yaponiya qirgʻoqlari yaqinida kuchli zilzila sodir boʻldi
Xonsyuning sharqiy sohillari yaqinida 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. AQSh Geologiya xizmati uning magnitudasini 6,1 deb baholadi.
8-noyabr, 12:13По-русски

6-noyabr, juma kuni Moskva vaqti bilan soat 13:39 da Tinch okeanida, Xonsyuning sharqiy sohillari yaqinida zilzila qayd etildi. Zilzila episentri Yaponiyaning Choshi shahridan 337 km janubi-sharqda joylashgan.
Episentrdagi silkinishlar kuchi «vayronkor» deb baholandi. AQSh Geologiya xizmati zilzila magnitudasini 6,1 deb aniqladi va zilzila oʻchogʻi 10 km chuqurlikda joylashganini maʼlum qildi.



