Ekologlar Karasu kanalida timsoh topilganini tasdiqladi
Nil timsohi Toshkentdagi Karasu kanalidan topilib, reabilitatsiya uchun xavfsiz tarzda hayvonot bogʻiga topshirildi. Uning paydo boʻlishi holatlari oʻrganilmoqda.

Ekologiya qoʻmitasi 17 noyabr kuni sudralib yuruvchi hayvon topilganini Milliy qoʻmita va Toshkent hayvonot bogʻi mutaxassislari tasdiqlaganini maʼlum qildi. Hayvon xavfsiz tarzda tutib olinib, shundan soʻng hayvonot bogʻiga yetkazildi.
Nil timsohi Afrikaning chuchuk suvli daryolari, koʻllari va botqoqliklarida yashaydi. Qoʻmita yovvoyi hayvonlarni, jumladan, timsohlarning barcha turlarini, jismoniy shaxslar tomonidan asirlikda, sunʼiy yaratilgan muhitda yoki yarim erkin sharoitda saqlash taqiqlanganini eslatdi. Shuningdek, ulardan sirk tomoshalarida foydalanish ham taqiqlangan.



