Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzodlarni eʼlon qildi

Ushbu mukofot uchun Lionel Messi, Lamin Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi Usmon Dembele boʻldi.

18-noyabr, 16:09По-русски

Read in English

sports.ru

Qisqa roʻyxatda eng koʻp nomzod «PSJ»dan: parijliklar safidan Usmon Dembele, Dezire Doue, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Fabian Ruis va Vitinya — jami sakkiz futbolchi kiritilgan.

«Barselona»da toʻrt nafar daʼvogar bor: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamin Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe — uch futbolchi taqdim etadi. «Arsenal»ning yana uch nomzodi bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Vilyam Saliba.

«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise)dan ikkitadan nomzod bor. Qolgan klublarning har biri roʻyxatda bittadan futbolchi bilan ishtirok etadi: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandesh, «Liverpul»dan Dominik Soboslayi va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.