Oʻzbekiston Afgʻonistondan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini olib kirishni soddalashtirishni rejalashtirmoqda
Oʻzbekiston afgʻon qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini olib kirishni soddalashtirish va ularni MDH mamlakatlariga yetkazib berishni qoʻllab-quvvatlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi maʼlum qildi.

Palata raisi Davron Vahabov bu masalani Toshkentdagi Afgʻoniston elchisi Abdul Gʻaffor Teravi bilan muhokama qildi. Tomonlar, shuningdek, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, biznes missiyalari yakunlari va savdo toʻsiqlarini bartaraf etish masalalarini koʻrib chiqdi.
2026 yilning yanvar-sentabr oylarida mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,38 milliard dollarga yetdi. Oʻzbekistonning Afgʻonistonga eksporti uchdan biriga oshib, 1,19 milliard dollarni tashkil etdi, afgʻon tovarlari importi esa 47 foizga koʻpaydi.
Muzokaralar ishtirokchilari, alohida ravishda, afgʻon qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Oʻzbekistonga olib kirish hamda ularni keyinchalik Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yetkazib berish shartlarini muhokama qildi.
Vahabov va Teravi Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan «Yangi Oʻzbekiston — global savdo chorrahasi» forumiga tayyorgarlik masalasini ham tilga oldi. Tadbirda Afgʻonistonning toʻrt viloyati rahbari va 300 dan ortiq tadbirkor ishtirok etishi kutilmoqda.
Avvalroq Oʻzbekistonga Afgʻonistonning Bamian viloyatidan kartoshka yetkazib berish boshlangan edi. Loyiha hamkorlikda amalga oshirilmoqda va Vahabov tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan.



