Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya feyklarga qarshi kurashish uchun umumiy baza yaratishni muhokama qildi

Toshkentdagi forumda Rossiya va Oʻzbekistonning dezinformatsiyaga qarshi hamkorligini kuchaytirish hamda tekshirilgan maʼlumotlarning umumiy bazasini yaratish taklif qilindi.

9-noyabr, 18:18По-русски

Read in English

Shutterstock AI Generator / shutterstock.com

Toshkentda boʻlib oʻtgan III Rossiya-Oʻzbekiston media-forumida ikki mamlakat OAVlari va tegishli tuzilmalari saʼy-harakatlarini yolgʻon axborot, dipfeyklar va raqamli manipulyatsiyalarga qarshi kurashish yoʻlida birlashtirish taklif qilindi.

Oʻzbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish va axborotni tekshirishning umumiy standartlarini ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, dezinformatsiya tarqalishi mamlakatlar va xalqlar oʻrtasida anglashilmovchilik va boʻlinishga olib kelmasligi kerak.

Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos tahdidlar koʻpayishini sunʼiy intellektning rivojlanishi bilan bogʻladi. Uning qayd etishicha, zamonaviy texnologiyalar foydalanuvchilarni chalgʻitadigan keng koʻlamli axborot kampaniyalarini oʻtkazish imkonini beradi. Pekos bunga misol sifatida minglab saytlar va akkauntlarda soxtalashtirilgan tarixiy maʼlumotlarning ommaviy joylashtirilishini keltirdi.

Faktlarni tekshirish boʻyicha xalqaro assotsiatsiya vitse-prezidenti Daniil Bisslinger Rossiya va Oʻzbekistonning tekshirilgan maʼlumotlari hamda aniqlangan feyklari boʻyicha qoʻshma baza yaratishni taklif qildi. Uning taʼkidlashicha, bir xil yolgʻon xabarlar turli mamlakatlarda kichik oʻzgarishlar bilan tarqatilishi mumkin.

Forum ishtirokchilari, shuningdek, sunʼiy intellektning rivojlanishi jurnalistlardan yanada katta professional masʼuliyatni, axborotni tekshirish borasida esa xalqaro hamkorlikni kuchaytirishni talab qilishini bildirdi.