Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Global bozorda taklifning ortiqchaligi xavotirlari fonida neft arzonlamoqda

Neft narxlari jahon bozorida taklifning ortiqcha boʻlishi kutilayotgani fonida pasayishda davom etdi. Treyderlar eʼtiborini Yaqin Sharqdan eksportning tiklanishiga qaratdi.

17-noyabr, 16:16По-русски

Read in English

oilprice.com

Neft narxlari oy boshida boshlangan pasayishni davom ettirdi. Material tayyorlanayotgan paytda Brent barreli $91,70 dan, West Texas Intermediate esa $85,03 dan sotilayotgan edi. Har ikki markaning narxi dushanba kungi savdolar yopilishiga nisbatan pasaydi.

Pasayish Yaqin Sharqdan neft eksporti tiklanayotgani haqidagi xabarlar fonida yuz berdi. Bozor ishtirokchilari taklifni oshirish istiqbollari va unda ortiqchalik yuzaga kelishi ehtimoliga tobora koʻproq eʼtibor qaratmoqda.

Windward maʼlumotlariga koʻra, Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtayotgan kemalarning umumiy oqimi oʻrtacha koʻrsatkichlardan ancha pastligicha qolmoqda. Shunga qaramay, bozor vaziyatni, avvalo, talab va taklif muvozanati orqali baholamoqda.

KCM Trade bosh iqtisodchisi Tim Uotererning fikricha, neft taklifi allaqachon talab bilan tenglashgan va undan oshib ketishi mumkin. Xalqaro energetika agentligi hamda ikkita investitsiya banki talabning qisqarishi taklif taqchilligidan kuchliroq boʻlishi va uzoqroq davom etishini kutmoqda. Agentlik bahosiga koʻra, taklifning ortiqchaligi joriy chorakda namoyon boʻladi va kelgusi yilgacha saqlanib qoladi.