Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Oʻzbekiston va Turkiya qoʻshma turizm loyihalarini yoʻlga qoʻyishni muhokama qildi

Istanbulda Turizm qoʻmitasi raisi Abdulaziz Akkulov turkiyalik hamkorlar bilan aviaqatnovlar va Oʻzbekistonni targʻib qilish masalalarini muhokama qildi. Tomonlar dastlabki kelishuvlarga erishdi.

8-noyabr, 11:52По-русски

Read in English

gov.uz

Abdulaziz Akkulov World Halal Summit Council, Pegasus Airlines va Istanbul Savdo palatasi rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Ishtirokchilar Oʻzbekistonni xalqaro ziyorat turizmi va musulmonlar uchun qulay (Muslim-friendly) turizm yoʻnalishi sifatida targʻib qilish masalasini muhokama qildi.

World Halal Summit Council vakillari 2027 yilda Oʻzbekistonda xalqaro World Halal Summit sammiti va uning doirasidagi forumlarni oʻtkazish masalasini koʻrib chiqdi. Shuningdek, xalqaro jurnal nashr etish, Buxoro va boshqa shaharlarda yirik tadbirlar oʻtkazish haqida soʻz bordi.

Pegasus Airlines bilan qoʻshma reklama kampaniyasi boʻyicha kelishuv tayyorlash yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi. Kampaniya Oʻzbekistonning besh shahriga amalga oshiriladigan reyslarga sayyohlarni jalb etishi kerak. Tomonlar, shuningdek, mahalliy aviakompaniyalar Oʻzbekistonga hali toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni amalga oshirmayotgan yoʻnalishlarda mamlakatning turistik salohiyatini birgalikda targʻib qilishni rejalashtirmoqda.

Pegasus Airlines Istanbuldagi Sabiha Gokchen aeroporti orqali 58 mamlakatdagi 100 dan ortiq yoʻnalishni bogʻlaydi. Muzokaralarda hamkorlikka oʻzbekistonlik turoperatorlarni jalb etish, marketing kampaniyalari va biznes uchrashuvlarini oʻtkazish, shuningdek, aviakompaniya taqdimoti hamda tanishtiruv safarlarini tashkil etish taklif qilindi.

Istanbul Savdo palatasida ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Tomonlar dastlab Turkiyaning xalqaro mehmonxona brendlarining Oʻzbekiston bozoriga kirib kelishiga koʻmaklashish va Convention Bureau ishtirokida qoʻshma tadbirlar oʻtkazishga kelishib oldi.

Turkiya vakillari Toshkentga «Ipak yoʻlidagi turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi va Birinchi xalqaro turizm investitsiya forumiga taklif qilindi. Har ikkala tadbir 25–27 noyabr kunlari boʻlib oʻtadi.