Grand Theft Auto VI chiqqanidan soʻng Metacriticʼda 99 ball oldi
Oʻyin sayt tarixidagi eng yuqori baho boʻyicha The Legend of Zelda: Ocarina of Time bilan tenglashdi. Tanqidchilar oʻyinni yuqori baholadi.

Metacriticʼda oʻyin 99 ball oldi — sayt tarixidagi eng yuqori bahoni saqlab kelayotgan The Legend of Zelda: Ocarina of Time ham xuddi shuncha ball olgan.
The New York Times syujetning teranligi, Lusiya Kaminos va Jeyson Dyuvall qahramonlari, shuningdek, batafsil ishlab chiqilgan oʻyin olamini alohida taʼkidladi. The Guardian oʻyinga besh yulduz berdi va Rockstar Gamesʼning virtual olamini shu paytgacha yaratilgan eng batafsil olam deb atadi.
The Washington Post Grand Theft Auto VIʼni AQShdagi hayot haqida yaratilgan, qahramonlarning qarorlariga irq, ijtimoiy sinf, gender, pul va eʼtibor taʼsir qiladigan keng koʻlamli asar deb taʼrifladi. Bloomberg oʻyinni durdona deb atab, videotasvirdan ajratish qiyin boʻlgan grafikasini alohida maqtadi.
IGN GTA 6’ni eng taʼsirchan oʻyinlar qatoriga kiritdi va musiqiy hamrohligini alohida qayd etdi: toʻrtta radiostansiyada qariyb 200 ta qoʻshiq bor. Empire Magazine oʻyinda Amerika madaniyatiga berilgan satirani koʻrdi; jurnal bahosiga koʻra, bu satira voqelikka ogʻriqli darajada yaqin.
Sensor Tracker maʼlumotlariga koʻra, relizidan ikki kun oldin oʻyin oldindan buyurtmalar hisobiga tushum boʻyicha 1,5 mlrd dollar chegarasidan oshdi.
Yana oʻqing

BC Architects mahalliy va qayta ishlangan materiallarga asoslangan arxitekturani rivojlantirmoqda
Madaniyat11:24
«Sumerki» rejissyori Pattinson Bond haqidagi replikaga qanday ilhom berganini aytdi
Madaniyat11:03
