Guadagnino «Amerikalik psixopat» ekranizatsiyasidan voz kechdi
Rejissyor Luka Guadagnino Bret Iston Ellisning «Amerikalik psixopat» romani ekranizatsiyasida endi qatnashmasligini aytdi. U Skott Z. Berns ssenariysini aʼlo deb atadi.

Guadagnino loyihani tark etgani haqida Deadline Crew Call podkastida gapirdi. Uning aytishicha, endi bu film uning ishtirokida amalga oshmaydi.
2024-yil oktabrida rejissyor adaptatsiyani suratga olish boʻyicha Lionsgate bilan yakuniy muzokaralar olib borayotgani maʼlum boʻlgan. Prodyuser Frenesy Films, ijrochi prodyuser esa Pressman Film kompaniyasi orqali Sem Pressman boʻlishi kerak edi.
Loyiha Ellisning 1991-yilgi romaniga asoslangan boʻlib, Kristian Beyl ishtirokidagi Meri Xerronning 2000-yilgi ekranizatsiyasidan farq qiladi. Fevral oyida Ellis bir nechta taniqli aktyorlar filmda ishtirok etishdan bosh tortganini taʼkidlagan. Shundan keyin Berns ssenariyning yangi versiyasini tayyorladi. Yozuvchining soʻzlariga koʻra, boʻlajak film Xerron kartinasidan sezilarli darajada farq qilishi kerak edi.
Yana oʻqing

BC Architects mahalliy va qayta ishlangan materiallarga asoslangan arxitekturani rivojlantirmoqda
Madaniyat11:24
«Sumerki» rejissyori Pattinson Bond haqidagi replikaga qanday ilhom berganini aytdi
Madaniyat11:03
