Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Toshkentda jarima maydonchasidan avtomobil berish tartibi oʻzgaradi

2026-yil 24-dekabrdan Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish va saqlashning yangi qoidalari amal qiladi. Mashinalar elektron tizim orqali QR-kod bilan beriladi.

13-noyabr, 17:21По-русски

Read in English

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 508-son qarori qoidabuzarlik uchun ushlab qolingan avtomobillarni evakuatsiya qilish, joylashtirish va saqlash tartibini oʻzgartiradi. Yangi qoidalar Toshkentda 24-dekabrdan amal qiladi.

Agar haydovchi yuklash boshlanishidan oldin qaytib kelib, qoidabuzarlikni bartaraf etsa, avtomobil jarima maydonchasiga olib ketilmaydi. Qisman yoki toʻliq yuklash boshlanganidan keyin esa haydovchi voqea joyiga yetib kelgan taqdirda ham evakuatsiya toʻxtatilmaydi.

Saqlash muddati avtomobil evakuatorga joylashtirilgan paytdan hisoblanadi. Saqlash haqi toʻliq oʻtgan har bir sutka uchun undiriladi.

Avtomobillarni qaytarish «Jarima maydonchasi» elektron moduliga oʻtkaziladi. Haydovchi avvalo ushlab qolish sababini bartaraf etishi kerak, shundan soʻng vakolatli organ elektron ruxsatnoma rasmiylashtiradi. Ruxsatnoma QR-kod bilan tasdiqlanadi va bir ish kuni ichida haydovchi hamda jarima maydonchasi operatoriga yuboriladi. Haydovchi SMS ham oladi.

Toshkentda evakuatsiyaning maksimal tarifi bir kilometr uchun 88 000 soʻmni tashkil etadi, biroq umumiy qiymat 1 760 000 soʻmdan oshmasligi kerak. Saqlash haqi sutkasiga koʻpi bilan 88 000 soʻm boʻladi. Masalan, belgilangan maksimal tariflar boʻyicha avtomobilni 3 kilometrga evakuatsiya qilish va 3 sutka saqlash 528 000 soʻm turadi. Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy jarima alohida undirilishi mumkin.