Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Oʻzbekiston aholisining 21 milliondan ortigʻi mehnatga layoqatli yoshda

Aholi va qishloq xoʻjaligi roʻyxati maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 21,7 mln kishi mehnatga layoqatli yoshda — aholining 55,7 foizi.

13-noyabr, 15:33По-русски

Read in English

Milliy statistika qoʻmitasi aholini roʻyxatga olish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston aholisining yosh tarkibiga oid maʼlumotlarni taqdim etdi. Mamlakatdagi har 100 kishiga mehnatga layoqatli yoshdagi qariyb 56 kishi toʻgʻri keladi.

Yana 12,5 mln kishi mehnatga layoqatli yoshga yetmagan. Bu aholining 32 foizini tashkil etadi. Mehnatga layoqatli yoshdan kattalar soni 4,8 mln kishini yoki 12,3 foizni tashkil qilgan.

Avvalroq qoʻmita mamlakat aholisi taʼlim darajasi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilgan edi. 15 yosh va undan kattalar orasida 3,27 mln kishi oliy yoki oliy oʻquv yurtidan keyingi maʼlumotga ega — bu yosh guruhining 12 foizi. 15 yoshdan katta aholining 42,8 foizi umumiy oʻrta taʼlim olgan.