Bruklinda bino qulashi oqibatida bir kishi halok boʻldi, kamida 10 kishi jarohatlandi
Nyu-Yorkning Fletbush hududida qurilish maydoni yonidagi uch qavatli bino qulab, bir kishi halok boʻldi, kamida 10 kishi jarohatlandi; ulardan toʻrt nafari oʻta ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

Bino chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan tushdan keyin qurilish ishlari olib borilayotgan va kotlovan qazilayotgan hudud chegarasida qulab tushdi. Gʻisht va yogʻoch konstruksiya boʻlaklari qurilish maydonini bosib, odamlar vayronalar ostida qoldi.
Nyu-York yongʻin xizmati maʼlumotiga koʻra, olti jabrlanuvchi yengil jarohat olgan. Qutqaruvchilar bir necha soat davomida vayronalar ostidan odamlarni qidirdi. Kechqurun oʻt oʻchiruvchilar tirik odamni olib chiqishga muvaffaq boʻldi.
Qutqaruv ishlarida oʻnlab oʻt oʻchiruvchilar, kinologik guruhlar va uchuvchisiz qurilmalar qatnashdi. Bino qulashining sabablari aniqlanmoqda.



