Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Madaniyat

Dyu Moriening oilaviy suratlari ilk bor namoyish etildi

Yozuvchi Dafna Dyu Moriening oilasi uning suratlarini ilk bor ommaga taqdim etdi. Suratlar nabirasining oilaviy tarix haqidagi kitobi ustida ishlash paytida topilgan.

23-noyabr, 10:39По-русски

Read in English

bbc.co.uk

Suratlarda Dafna Dyu Morie Kornuollda, u yashab ijod qilgan joyda, yaqinlari bilan tasvirlangan. Ularni yozuvchining katta nabirasi Pol de Zulueta oilasi haqidagi Last Night I Dreamt kitobi ustida ishlayotganda topgan.

Dyu Morie 1989 yilda vafot etgan. Uning «Rebekka», «Fransuz qoʻltigʻi» va «Yamayka mehmonxonasi» romanlari hanuz mashhur. 1938 yilda nashr etilgan «Rebekka» dunyo boʻylab qariyb 30 mln nusxada sotilgan, ayrim asarlari asosida esa filmlar va seriallar suratga olingan.

De Zulueta onasi va xolasida saqlangan yozuvchining shaxsiy maktublari hamda suratlaridan foydalanish imkoniga ega boʻlgan. U kitobida Foui daryosi boʻyidagi oilaviy uy — Ferryside haqida yozadi; bu uy 100 yildan beri Dyu Moriega tegishli. Yozuvchi u yerga ilk bor 19 yoshida kelgan va aynan shu yerda oʻzining birinchi romani The Loving Spiritni yaratgan.

Nabirasining soʻzlariga koʻra, Dyu Morie koʻpincha tasvirlanganidek, oʻzini chetga olgan emas, quvnoq va shoʻx ayol boʻlgan. U, shuningdek, yozuvchining Frederik Brauning bilan nikohidagi qiyinchiliklar, jumladan, travma sabab yuzaga kelgan, deb taxmin qilinayotgan urushdan keyingi ruhiy buzilish hamda yozuvchining 1942 yildagi ishqiy munosabati haqida yozadi. Bu maktublar unga buvisini yaxshiroq tushunish va koʻproq hurmat qilishga yordam bergan.