Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Siyosat

Oʻzbekiston va Turkmaniston bevosita reyslar, chegaradoshlar uchun vizasiz safarni muhokama qilmoqda

Oʻzbekiston va Turkmaniston Toshkent va Ashxobod oʻrtasidagi bevosita reyslarni tiklash hamda chegaradosh hududlar aholisi uchun uch sutkagacha vizasiz safarni muhokama qilmoqda.

19-noyabr, 11:47По-русски

Read in English

Uchrashuvni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev va Turkmaniston elchisi Shadurdi Meredov oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Tomonlar tegishli idoralar ishtirokida Toshkent — Ashxobod — Toshkent yoʻnalishida muntazam yoʻlovchi aviaqatnovlarini tiklash boʻyicha ishlarni davom ettirishga kelishdi. Reyslarni yoʻlga qoʻyish muddatlari hozircha aytilmadi.

Diplomatlar, shuningdek, ikki mamlakatning chegaradosh hududlari aholisi uchun uch sutkagacha vizasiz safarlarni qayta tiklash imkoniyatini koʻrib chiqdilar. Bunday tartib 2004 yilda imzolangan hukumatlararo bitimda nazarda tutilgan. Uning amal qilishini qachon tiklash mumkinligi hozircha maʼlum qilinmadi.

Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari xalqaro yuk tashuvlarini soddalashtirish, transport aloqalarini rivojlantirish va chegara oʻtkazish punktlari faoliyatini yaxshilashni muhokama qildilar. Konsullik sohasida fuqarolar huquqlarini himoya qilish va davlat organlari oʻrtasida axborot almashish masalalariga eʼtibor qaratildi.