Oʻzbekiston va Gruziya prezidentlarining Turkiyadagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili Turkiyada strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 2–3-iyul kunlari Gruziyaga davlat tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildi. Prezidentlar ikki mamlakat parlamentlari, idoralari va ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalar faollashgani, shuningdek, tovar ayirboshlash hajmi va qoʻshma korxonalar soni oshganini taʼkidladi.
Oʻzbekistonda gruziyalik investorlar ishtirokida raqamli bank faoliyat yuritmoqda. Uchrashuvda tovar ayirboshlashni yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasi va turizmni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar ham muhokama qilindi. Transport va tranzit salohiyatiga, shuningdek, ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.



