Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Siyosat

Markaziy Osiyo va Yevropa Berlinda hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qildi

ISMI direktori Eldor Aripov 2026-yil 25–26-noyabr kunlari Berlinda ishtirok etib, Markaziy Osiyoning Yevropa mamlakatlari bilan muloqotini rivojlantirishga doir yondashuvlarini taqdim etdi.

27-noyabr, 17:45По-русски

Read in English

Berlin konferensiyasida Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning 20 dan ortiq mamlakatidan davlat organlari, parlamentlar, diplomatik, ishbilarmonlik va ilmiy doiralar vakillari qatnashdi. Forum beqarorlik sharoitida Yevropaning strategik avtonomiyasi masalasiga bagʻishlandi.

Aripov Yevropaning yangi strategik hamkorlari haqidagi sessiyada soʻzga chiqdi. U Markaziy Osiyoda oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari mustahkamlanayotgani, mintaqaviy aloqalar hamda savdo-iqtisodiy munosabatlar kengayayotgani, shuningdek, qoʻshma infratuzilma loyihalari amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

2025-yil aprel oyida Samarqandda boʻlib oʻtgan «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitining yakunlari ham alohida muhokama qilindi. Ishtirokchilar bahosiga koʻra, munosabatlarning strategik sheriklik darajasiga olib chiqilishi uzoq muddatli hamkorlik uchun zamin yaratdi.

Istiqbolli yoʻnalishlar qatorida sanoat kooperatsiyasi, jumladan, hayotiy muhim mineral resurslar sohasini ham qamrab oluvchi qoʻshma qoʻshilgan qiymat zanjirlari hamda transport aloqalarini rivojlantirish qayd etildi. Yevropa investitsiyalari va texnologiyalari mintaqa iqtisodiyotlarini modernizatsiya qilishga hamda uning mahsulotlarining Yevropa bozorlariga chiqishini kengaytirishga yordam berishi mumkin.

Aripov, shuningdek, sheriklikni mustahkamlash boʻyicha amaliy takliflarni tayyorlash uchun muntazam ekspertlar muloqotini yoʻlga qoʻyish zarurligini taʼkidladi.