Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Chaanakya Capital bilan medtexnologiyalar sohasidagi hamkorlikni koʻrib chiqdi

Oʻzbekiston Chaanakya Capital bilan medtexnologiyalar va farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni koʻrib chiqmoqda. Tomonlar vakillari 2026-yil 26-noyabrda uchrashdi.

27-noyabr, 18:40По-русски

Read in English

Toshkentda Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Chaanakya Capital vakillari bilan uchrashdi. Muzokaralarda kompaniya asoschisi va boshqaruvchi direktori Varun Turlapati hamda neyrotexnologiyalar va tibbiy innovatsiyalar boʻyicha ekspert, ilmiy-texnik maslahatchi Johana Karolina M. Vega Leonel ishtirok etdi.

Tomonlar neyrotexnologiyalar, neyroxirurgiya, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va biofarmatsevtikani muhokama qildi. Shuningdek, nevrologik kasalliklarni erta aniqlash, robotlashtirilgan jarrohlik, tibbiy qurilmalarni ishlab chiqish va sogʻliqni saqlash tizimiga yangi yechimlarni joriy etish masalalari koʻrib chiqildi.

Ishtirokchilar qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalari, startaplarni qoʻllab-quvvatlash, inkubatsiya dasturlari va mahalliy mutaxassislar uchun taʼlim tashabbuslarini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini ham oʻrgandi. Uchrashuv yakunida tomonlar taqdim etilgan texnologiyalarni oʻrganishni davom ettirish, tegishli ilmiy va tibbiyot muassasalarini jalb qilish hamda kelgusidagi qoʻshma loyihalar yoʻnalishlarini belgilashga kelishib oldi.